“Nizomiydan Navoiygacha: zamonlarni birlashtiruvchi rishta” xalqaro anjumani Moskvada “Nizomiydan Navoiygacha: zamonlarni birlashtiruvchi rishta” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

AZERTADJ axborot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Ozarbayjonning Rossiyadagi elchixonasi,  Haydar Aliyev jamg‘armasining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi va O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Navoiy Nizomiy ijodini yaxshi bilgan. Nizomiy Sharq uyg‘onish davri  asoschisi hisoblansa, Navoiyni  Nizomiy g‘oyalarining  munosib davomchisi deb  atash mumkin. Insonni ulug‘lash  Nizomiy va Navoiy  asarlaridagi eng asosiy jihat hisoblanadi”, – deydi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining kafedra mudiri, tarix fanlari doktori, professor  Jibek Sizdikova.

Bizning “Jahon  matbuoti  sahifalarida” nomli  yangi ruknimizga oid  tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

 I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA