“Nizomiydan Navoiygacha: zamonlarni birlashtiruvchi rishta” xalqaro anjumani Moskvada “Nizomiydan Navoiygacha: zamonlarni birlashtiruvchi rishta” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
AZERTADJ axborot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Ozarbayjonning Rossiyadagi elchixonasi, Haydar Aliyev jamg‘armasining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi va O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
“Navoiy Nizomiy ijodini yaxshi bilgan. Nizomiy Sharq uyg‘onish davri asoschisi hisoblansa, Navoiyni Nizomiy g‘oyalarining munosib davomchisi deb atash mumkin. Insonni ulug‘lash Nizomiy va Navoiy asarlaridagi eng asosiy jihat hisoblanadi”, – deydi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining kafedra mudiri, tarix fanlari doktori, professor Jibek Sizdikova.
Bizning “Jahon matbuoti sahifalarida” nomli yangi ruknimizga oid tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA