Yaponiya hukumati 2018 yilda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan po‘lat va alyuminiyga nisbatan joriy qilingan qo‘shimcha bojni to‘liq bekor qilishga erishadi.

Mamlakat iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Koiti Xagiudu bergan ma’lumotga asoslangan “Kyodo” agentligi xabarida: “Biz AQSH bojni bekor qilish bo‘yicha qo‘ygan dastlabki qadamni ko‘rdik. Endi bojni butunlay olib tashlashga erishamiz”, deya ta’kidlaydi vazir.
Ma’lumot o‘rnida keltirish joiz, 7 fevralda AQSH moliya vazirligi 1 apreldan boshlab Yaponiya yiliga 1,25 million tonna po‘latni boj to‘lovisiz eksport qilishi mumkinligini e’lon qildi. Bu bojning qisman bekor qilinganini anglatadi.