Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro U.K. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi postda o‘rnatilgan inspeksion-ko‘rik majmuasi yordamida skanerlanganda avtotransport vositasida shubhali tovarlar borligi aniqlandi.

Natijada hujjatlarda ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 20 million so‘mlik 139 metr matoni Turkiyadan olib kelayotganligi aniqlandi. Shuningdek, yana bir holatda mazkur post xodimlari tomonidan Qozog‘istondan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro X.N. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 60 million so‘mlik, jami 24 rulonda uzunligi 1200 metr bo‘lgan egiluvchi plastik shlanga borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev,  
O‘zA