Rio-de-Janeyro va Parij shaharlariga 2016 hamda 2024 yilgi yozgi olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishda yordam bergan Vero Communications agentligi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Bu qaror mazkur agentlik asoschisi va rahbari Mayk Lining 61 yoshida vafot etganidan sal kam uch yil o‘tib qabul qilindi, deya xabar tarqatdi insidethegames.biz sayti.

Li o‘zining Vero kompaniyasiga 2012 yilgi London olimpiadasi va paralimpiya o‘yinlarida mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng asos solgan va uni sport olamidagi asosiy strategik aloqa kompaniyalaridan biriga aylantirgandi.

Britaniyalik Li  va uning kompaniyasi 2016 yilgi Rio-de-Janeyro, 2018 yilgi Pxyonchxan va 2024 yilgi Parij, shuningdek, 2018 yili Buyenos-Ayresda o‘tgan o‘smirlar olimpiadasini qo‘lga kiritishda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

2006 yili tashkil etilgan Vero, shuningdek, regbi-yetti va serfingda muvaffaqiyat qozonib, olimpiada dasturida, prezidentlik va brend yaratish bo‘yicha ko‘plab kampaniyalarda o‘z o‘rniga ega edi.

Uning so‘nggi mijozlari orasida 2026 yili AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun kurashayotgan Baltimor va 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga da’vogarlik qilgan Ar-Riyod shaharlari bor edi.

T. Ro‘ziyev. O‘zA