«UZTELECOM» milliy operatori maxsus zamonaviy uskunadan foydalangan holda metropolitenni yuqori texnologiyali aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirdi.

2022 yil boshidan Toshkent metrosining barcha yo‘nalish va bekatlari mobil aloqa tizimi bilan qamrab olindi.

Yer osti yo‘li nafaqat jamoat transporti, balki madaniy meros ob’ekti, sayyohlar uchun diqqatga sazovor joy. Qolaversa, yo‘lovchilar uchun mobil aloqa vositasi va internet butun yo‘l davomida ishlashi ham muhim.

Amalga oshirilgan ishlar, birinchi navbatda, Respublika aholisi va mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.

O‘zA