14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi rahbariyati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, Chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona va soliq qo‘mitalarining hududiy bo‘linmalari, keng jamoatchilik, mehnat jamoalari, Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.

Nukus garnizoni harbiy orkestri ijrosida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari kuylandi.

Tadbir so‘ngida Nukus garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlarning kuch tuzilmalari tantanali saf bilan o‘tdi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA