Qo‘ng‘irot tumani hokimining 2021 yil 13 dekabrdagi Aeroport qurish uchun yer maydonini ajratib berish haqidagi murojaatiga Qurilish vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlardan ijobiy javob olindi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qo‘ng‘irot tumani hududidan aeroport qurilishi uchun 256,0 gektar yer maydoni ajratib berildi. Qurilishi rejalashtirilgan aeroportda havo kemalari va yo‘lovchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Jumladan, aeroport hududida uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish, savdo va dam olish joylari bo‘ladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA