Kipr orolida koronavirusning gibrid versiyasi – “deltakron” aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, infeksiyani yuqtirib olgan 25 nafar fuqaroning namunasida aynan o‘sha yangi shtamm aniqlangan. Ammo, olimlar “deltakron” inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi, deb hisoblamayapti.

Kipr universiteti professori xabariga ko‘ra, koronavirusning gibrid shtammi “delta” bilan bir xil genetik asosga ega, shuningdek, “omikron” mutatsiyalarini ham o‘z ichiga oladi.
Janubiy afrikalik immunologlar “omikron” shtammi COVID-19ning tugashi va epidemiologik vaziyat ma’lum bir bosqichga o‘tib olganini bildirishini aytmoqda.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, tadqiqotchilar 466 nafar bemorning ma’lumotlarini o‘rganib chiqqan va bu to‘lqin davomida COVID-19 bilan kasallanganlarning atigi 4,5 foizi kasalxonada vafot etgani aniqlangan.

Qolaversa, bemorlarning kasalxonada yotishi o‘rtacha davomiylikda sakkiz kundan to‘rt kunga, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilganlar soni esa 4,3 foizdan bir foizga qisqargan.