Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati faollari yig‘ilishida qayd etishicha, viloyatda g‘alladan bo‘shaydigan 70 ming gektar maydonni ikkilamchi ijaraga berish orqali 220 ming ishsiz aholi bandligi ta’minlanadi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligiga mutasaddi rahbarlarga bir oy muddatda takroriy ekinlarni to‘liq ekishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu yil oxirigacha qo‘shimcha 9 ming gektar yaylov yerlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ijrosini ta’minlash kerakligi aytildi.

Viloyatda joriy yilda 28 ming gektarda tomchilatib sug‘orishni joriy etish, 16 ming gektarni lazerli tekislash orqali 670 million kub metr suv tejash rejalashtirilgan.