– Savol: Qo‘shnim kechqurun 23:00 dan keyin uyida baland ovozda qo‘shiq kuylashi mumkinmi?

– Javob: Tungi vaqt – soat 23.00 dan 06.00 gacha fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, jumladan, baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizor, magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish taqiqlanadi.

Ushbu huquqbuzarlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 192-moddasi.

Ushbu material TDYUUning «Yuridik klinika»si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA