Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, joylarda o‘tkazilgan so‘rovlarda bor-yo‘g‘i 13 foiz aholi tibbiyotda ijobiy o‘zgarishlarni sezayotganini bildirgan.

Ayniqsa, Andijon, Xorazm va Toshkent viloyatlarida yashovchi aholi bu sohadagi ishlar ahvolidan norozi.

– So‘nggi bir yil ichida tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilinib, barcha masalalar hal qilib berildi. Joriy yilda byudjetdan 21 trillion so‘m ajratildi (2017 yilga nisbatan 3 baravar ko‘p). Lekin, vazir o‘rinbosarlarining mas’ul uchastkasi, masalani hal qilishda vakolati bo‘lmasa, fidoyi bo‘lib, pastga tushib bevosita mahallada ishni tashkil qilmasa, islohotlar aholigacha yetib borishi qiyin. Shu bois, bugundan boshlab barcha vazir o‘rinbosarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha, islohotlar natijadorligiga mas’uliyatni to‘liq olgan holda, shaxsan javob beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA