bugungi videoselektor yig‘ilishida har bir ixtisoslashgan maktabga xorijiy, ayniqsa, Osiyo davlatlaridan kamida 2-3 nafardan, oliy o‘quv yurtlariga esa kamida 5 nafardan til egasi bo‘lgan malakali o‘qituvchilarni jalb qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Maktablarga chet el mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari mahalliy byudjetdan, oliygohlarda esa o‘z jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi. Shuningdek, viloyat hokimlari keyingi o‘quv yilidan boshlab har bir tumanda tanlov o‘tkazib, kamida 2 nafardan ingliz tili va 1 nafardan boshqa chet tili o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.
Bundan tashqari, joriy yildan boshlab chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta’sis etiladi. Bunda, tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida maktablar o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi.
Tuman va shahar bosqichida 1-o‘rinni olgan maktab 100 million so‘m, 2-o‘rin –75 million so‘m, 3-o‘rin – 50 million so‘mdan mukofotlanadi.
Viloyat bosqichida 1-o‘rin – 250 million so‘m, 2-o‘rin – 200 million so‘m, 3-o‘rin – 150 million so‘mdan taqdirlanadi.
Respublikadagi eng yaxshi мактаб 500 million so‘m, 2-o‘rindagi – 400 million so‘m, 3- o‘rindagi – 300 million so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Bundan tashqari, ushbu maktablarning direktorlari va chet tili fani o‘qituvchilari davlat mukofotlariga ham tavsiya etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
O‘zA