Yurtimizning barcha hududidagi ta’lim maskanlari, madaniyat va san’at saroylarida Yangi yil bayrami nishonlanayotgan shu kunlarda Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatanga xizmat qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun Prezident sovg‘alari tayyorlandi.
Prezidentimizning o‘n ikki turdagi o‘quv anjomlari, turli shirinliklardan iborat Yangi yil sovg‘alari mas’ul tashkilotlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahriga yetkazib berildi.
Sovg‘alar 29-dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.
Barno Meliqulova, Muhammad AMIN (surat) O’zA