Vatikan sudi diniy ta’lim muassasasining sobiq rahbari va Vatikan banki ishtirokida davlat mablag‘lari o‘zlashtirilgani to‘g‘risida jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Ayblanuvchi, sobiq amaldor Anjelo Kaloya mazkur jinoiy ish boshqa shaxslar tomonidan uyushtirilganini, o‘zi esa bir “operatsiya” qurboniga aylanganini aytib, mutlaqo aybsizman, deb da’vo qilyapti.
Shuningdek, prokuror bankning sobiq xodimi, 81 yoshli Gabriyele Liuzzo uchun ham sakkiz yillik qamoq jazosi berishlarini talab qildi.
Xabarlarga qaraganda, ushbu jinoiy guruh 29 ta ob’ektni, ya’ni tashkilotga tegishli ko‘chmas mulk aktivlarining 70 foizdan ko‘pini arzon narxda sotganlikda ayblanyapti.
Sudda Gabriyelening o‘g‘li Lamberto Liuzzo ham ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqda, unga 6 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Rasmiylar xabar berishicha, 2001-2008 yillarda amalga oshirilgan operatsiyalar uchun qo‘zg‘atilgan mazkur jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari 2014 yilda boshlangan. Qonunbuzarlik natijasida yetkazilgan moliyaviy zarar esa 57 million yevroni tashkil etadi.
O‘zA