Filippin qirg‘oqlarida magnitudasi 7 ballik zilzila yuz berdi, deb xabar qildi AQSH Geologiya xizmati (USGS).
Xabarda zilzila markazi Pundagitan shahridan 219 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i esa 139 kilometr chuqurlikda ekani aytilmoqda.
Mahalliy Inquirer nashrining yozishicha, yer qimirlashi yirik shaharlardan biri Davaoda qattiq sezilgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmadi.
O‘zA