O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Maktabgacha bo‘lgan yoshda bolalarning axloqiy-estetik didi shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim tizimini yanada kengaytirish ishlari yana jadallashadi. Kelayotgan yilda maktabgacha bo‘lgan bolalarni 65 foizga, 2023 yilgacha 75 foizga ta’lim-tarbiyaga qamrab olinish ishlari olib boriladi. Bu ish uchun byudjetdan 600 milliard subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi.

2021 yilda bolalarni maktabga tayyorlash bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi. Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’lim shakllari kengaytiriladi. Bunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish  tizimi joriy qilinadi.

“Kelgusi yil 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so‘m ajratiladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.