Mazkur loyiha Vengriyaning Eötvös Loránd University bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘iboti, Alisher Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasi” mavzusida olib boriladi.
Loyiha “ERASMUS+ International Credit Mobility Programm” yo‘nalishi asosida 2020-2023 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, loyihada Yevropa universitetlaridagi “Markaziy Osiyoni o‘rganish (Central Asian Studies)” bo‘limlarida o‘zbek tili va adabiyoti kurslarini tashkil etish, Alisher Navoiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish kabi masalalar ham qamrab olingan.
Loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori – filologiya fanlari doktori Zulxumor Mirzayeva. Loyiha o‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘iboti, Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasiga, Alisher Navoiy ijodini jahon universitetlarida o‘qitish va ular uchun qo‘llanmalar yaratishga bag‘ishlangan.
Ta’kidlash kerakki, ushbu loyiha hazrat Navoiy tavalludining 580 yilligini keng miqyosda nishonlash arafasida va ona tilimizning jahondagi nufuzini oshirishga qaratilgan harakatlar pallasida xalqimiz uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.