Prezident Buxoroga joʻnab ketdi

27-aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini koʻzdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga joʻnab ketdi.

 

O’zA