Qoraqalpogʻistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 50 nafarga yetdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasidan toʻliq tuzalgan 21 nafar bemor reabilitatsiyaga kuzatildi.

Mazkur shifoxonada bugungi kungacha koronavirusga chalingan bemorlardan 50 nafari butunlay sogʻaydi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, sogʻayib chiqqan bemorlarning 15 nafari Nukus shahridan, 4 nafari Moʻynoq tumanidan va yana 2 nafari qoʻngʻirotlik boʻlib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bu esa ularni davolashda jasorat va fidoyilik namunasini koʻrsatayotgan shifokorlar, hamshira va sanitar xodimlar mehnatining ijobiy samarasidir.
photo_2020-04-27_19-12-45.jpg
photo_2020-04-27_19-12-41.jpg

– Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ikki nafar nevaram bilan kelgan edim,–deydi tuzalib chiqqan moʻynoqlik fuqaro.– Kelgan kunimdagi holatimni soʻz bilan taʼriflash qiyin. Hozirgi sinovli kunlarga qaramasdan bemorlarni vaqtida davolashda yaratilgan shart-sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga oilamiz nomidan minnatdorlik bildiraman. Mana shunday imkoniyatlar natijasida bugun tuzalib chiqayapmiz. Bundan judayam mamnunmiz. Ayniqsa, nevaralarimning quvonchini aytmaysizmi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida darddan forigʻ boʻlayotganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana bir guruhi yaqin kunlarda butunlay sogʻayib chiqishi kutilmoqda.

photo_2020-04-27_19-12-30.jpg
2.JPG

 

Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA