Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodadan qutlov keldi.
Maktubda, xususan, shunday deyilgan:
“Biz uchun yorqin va qadrli Navroʻz ayyomi munosabati bilan Siz va qardosh Oʻzbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni bildiraman.
Muhtaram Shavkat Miromonovich! Bu bayram menga dilimdagi soʻzlarni yana bir bor Sizga yetkazish, har bir oilaga tinchlik va farovonlik, butun Oʻzbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilash imkoniyatini taqdim etganidan mamnunman. Men shaxsingizni yuksak qadrlayman, Siz, Janobi Oliylarining tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, maʼnaviy ildizlari mushtarak boʻlgan xalqlarimiz oʻrtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dono maslahatlaringiz va fikr-mulohazalaringizga ulkan ahamiyat qarataman.
Shu kunlarda Siz, Janobi Oliylari – Oʻzbekistonning atoqli farzandiga eng ezgu tilaklar bildirib, Sizga Yaratganning rahmat va marhamatlari yogʻilishini, Alloh taolo muvaffaqiyatlaringizni ziyoda qilishini, qardosh Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman.”
OʻzA