Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Navroʻz ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Tinchlik va ahillik ramzi boʻlmish Navroʻz doʻst xalqlarimizga ezgulik va qut-baraka keltirsin.
Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli munosabatlar ikki tomonlama va koʻp tomonlama yoʻnalishlarda bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonaman.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh oʻzbek xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Nursulton NAZARBOYEV,
Qozogʻiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti – Elboshi
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich, qadrli qardoshim!
Xalqaro Navroʻz ayyomi munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardosh Oʻzbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni yoʻllashga hamda farovonlik va ravnaq tilashga ijozat bergaysiz.
Tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik, birdamlik va tabiat bilan uygʻunlikni ifoda etuvchi Navroʻz bayrami yangi kun, yangi hayot elchisidir. Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida eʼtirof etilgan bu qutlugʻ ayyom ulugʻ insoniylik tamoyillarini oʻzida mujassam etib, xalqlar doʻstligi va hamjihatligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega.
Ushbu ajoyib bayram Siz va qardosh Oʻzbekiston xalqiga baxt-saodat, shodlik va yangi zafarlar olib kelsin!
Chuqur hurmat ila,
Gurbanguli BERDIMUHAMEDOV,
Turkmaniston Prezidenti
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Siz va butun Oʻzbekiston xalqini fayzli Navroʻz ayyomi bilan chin dildan muborakbod etaman.
Insoniyatni ezgulikka, farovonlik va bunyodkorlikka daʼvat etish Navroʻzga xos ajoyib xususiyatdir. Turkiy olam uchun yagona boʻlgan ushbu qutlugʻ ayyom mamlakatlarimiz qardoshligini yana-da mustahkamlab, quvonch va baraka olib kelsin.
Ishonchim komil, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan mustahkam doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan Qozogʻiston –Oʻzbekiston strategik sherikligi xalqlarimiz farovonligi yoʻlida jadal rivojlanib boraveradi.
Ushbu ayyom kunlarida, muhtaram Shavkat Miromonovich, mamlakatingiz yorqin kelajagiga qaratilgan olijanob tashabbus va saʼy-harakatlaringizga muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman.
Hurmat bilan,
Qosim-Jomart TOQAYEV,
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni va birodar Oʻzbekiston ahlini xalqaro Navroʻz bayrami bilan samimiy muborakbod etib, eng ezgu tilaklarimni yoʻllash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.
Navroʻz bayrami uni nishonlaydigan xalqlarning qadimiy va umumiy madaniy merosi sifatida doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch, birdamlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlab, birodar ellarimizning yana-da yaqin boʻlishiga xizmat qilmoqda.
Aminmanki, bundan buyon ham mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalar va koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida birgalikda harakat qilamiz.
Ushbu qutlugʻ ayyom kunlarida Sizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, doʻst Oʻzbekistonning yana-da taraqqiy etishi va ravnaq topishi yoʻlida davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
Emomali RAHMON,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Qirgʻiziston xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan Sizni va butun Oʻzbekiston ahlini Navroʻz bilan muborakbod etaman!
Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan ushbu ayyomni alohida eʼzozlagan. Mehnatsevarlik, ahillik va hamjihatlik ramzi boʻlmish Navroʻzni ellarimiz umid va ezgu niyatlar bilan kutib olmoqda.
Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan oʻzaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari bundan buyon ham ikki davlat manfaatlari yoʻlida izchil rivojlanib borishiga qatʼiy ishonaman.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman.
Hurmat bilan,
Sooronbay JEENBEKOV,
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Ozarbayjon xalqi nomidan va oʻz nomimdan Sizga va Siz orqali butun Oʻzbekiston xalqiga Navroʻz bayrami munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Yangilanish va tabiat uygʻonishi ramzi boʻlmish ushbu fayzli bayram odamlarni yaxshilik qilishga chaqiradi.
Aminmanki, ushbu bahoriy ayyom Navroʻz anʼanalarini eʼzozlovchi xalqlarimizga yaxshi kayfiyat, quvonch va qut-baraka keltiradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sogʻlik, faoliyatingizda zafarlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.
Hurmat ila,
Ilhom ALIYEV,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti
* * *
Shuningdek,
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon va boshqalar tabrik yoʻllagan.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.