Ob-havo maʼlumoti: Ertaga baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja, iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

 

OʻzA