Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan esa boshlaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.