Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, mavjud korxonalarni tubdan isloh qilish va ular faoliyatiga korporativ boshqaruv usullarini joriy etish to‘g‘risidagi Farmon loyihasi tayyorlangan. Ushbu farmon bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh qilish Strategiyasi ham tasdiqlanadi.
Shuningdek, Mamlakatimiz tarixidagi eng yirik xususiylashtirish dasturi va Korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish bo‘yicha muhim qarorlar loyihalari tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hujjatlarga ko‘ra, iqtisodiyotda davlat ishtiroki xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda kamaytiriladi. Natijada davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 80 foizgacha qisqaradi.
O‘zA