Yoshlar bilan ishlashda eng faollar aniqlandi

“Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari” Respublika tanlovining taqdirlash marosimi davom etmoqda. 
Ichki ishlar organlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlaridan eng faollari aniqlandi.
Bu borada Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan Jamshid Akmalov, Namangan viloyati Chortoq tumanidan Bobur Inomov, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan Dilshod Mirzaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidan Maxsetboy Otegenov g‘olib deb topildi.
Anjuman davom etmoqda.

 

F.Abdurasulov (surat), O‘zA