Nukus shahridagi 46 ta mahallada umuman jinoyat sodir etilmadi

Mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizligini taʼminlash, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud” loyihalarida belgilangan vazifalarni samarali va toʻliq amalga oshirishda qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yil boshidan Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari boshlangan edi.
photo5195027871435958887.jpg
Oʻtgan yanvar-fevral oylarida ushbu kursning ilk tinglovchilari kurslarni tamomlab, oʻqish davomida olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllamoqda. Mart oyida ham mazkur kurslarda ishtirok etgan tinglovchilar sertifikatlar hamda faollik koʻrsatganlar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.
Айни пайтда ўқув-амалий курсининг навбатдаги машғулотлари бошланди.
Jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlar tomonidan “huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilishga moyil”, deb gumon qilingan shaxslarni Ichki ishlar boʻlimlariga olib kelinishi, tungi vaqtlarda koʻchalarda maqsadsiz yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijasida Nukus shahrida umumiy jinoyatchilik oʻtgan yilning mos davriga koʻra, 19 foizga kamayishiga erishilgan. Jami 59 ta mahalla fuqarolar yigʻinining 46 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan.
Ayni paytda oʻquv-amaliy kursining navbatdagi mashgʻulotlari boshlandi.
photo5195027871435958890.jpg
photo5197332576656796262.jpg

 

Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev(surat), OʻzA