Talaba Jaras Sultanov qoraqalpoq tili grammatikasi boʻyicha innovatsion dastur yaratdi

XXI asr texnologiyalar asri. Fan texnika taraqqiy etgani sari izlanishlar ham faollashadi. Bu, oʻz navbatida, yangidan-yangi innovatsion gʻoyalar yaratilishiga xizmat qiladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining “AKT sohasida kasbiy taʼlim”yoʻnalishi 2-kurs talabasi Jaras Sultanov qoraqalpoq tili grammatikasi boʻyicha yangi innovatsion dastur yaratdi.
photo5456307267675728385.jpg
Jarasning bunday innovatsion yangilikni yaratishga internet tarmogʻidagi “Andoid” tizimidan foydalanganida “Play market” yoʻnalishida dasturlar asosan rus va ingliz tillarida ekanligi, unda qoraqalpoq tilining deyarli yoʻqligi sabab boʻlib, ushbu dasturga qoraqalpoq tilini kiritishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Koʻp vaqt oʻtmasdan “Qoraqalpoq tilini oʻrgatish” dasturini yaratdi (1 dekabr “Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan).Dastur “Tilga eʼtibor, elga eʼtibor” nomi bilan boshlanib, uning asosiy qismi: qoraqalpoq tilining tarixiy grammatikasi, fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksisdan iborat boʻlib, qoʻshimcha qismida elektron kutubxona, maqollar va matallar, topishmoqlar egallagan. – Elektron kutubxonadan foydalanuvchilar qoraqalpoq tili boʻyicha soʻngi yozilgan kitoblar, kiritilgan oʻzgartirishlar, dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan adabiyotlar bilan tanishishi mumkin. Shu bilan birga,kitob boʻyicha maʼlumotlarni oʻqishingiz va uni koʻchirib olishingizga boʻladi, – deydi J.Sultanov. Oʻzim qoraqalpoq tilining taniqli mutaxassisi boʻlmasam ham dasturning maʼlumotlar bazasini yaratishda 30 dan ziyod taniqli qoraqalpoq tilshunos adabiyotlaridan foydalandim. Dasturda mualliflar tugʻrisida maʼlumotlar ham oʻrin olgan.
photo5456593681864829469.jpg
Dastur ayni paytda qoraqalpoq va rus tillarida ishlamoqda. Endi uni faqat qoraqalpoq yoshlarigina emas, balki xorijiy davlatlar ham koʻrib, oʻrganishi mumkin.
Yosh tadqiqotchi Jaras Sultanov hozirda maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun uyali telefon orqali qoraqalpoq tilining alifbosini oʻrgatuvchi dastur ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, kelajakda yurtimizning chiroyli maskanlari boʻyicha maʼlumot, foto galereya yaratish niyatida. Tarixiy oʻrinlar haqida maʼlumot, Orol dengizi toʻgʻrisida tarixiy faktlar, milliy urf-odat va dasturlarimizni yoritish yuzasidan dastur ishlab chiqib, uni jahon hamjamiyatiga tanishtirish, uning istiqboldagi rejalari hisoblanadi.
T.Seytnazarova,
Qoraqalpogʻiston axbarot agentligi muxbiri

 

OʻzA