Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida yuz bergan yongʻin (quyuq qora tutun) rasmi tarqalib ketdi.
Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Yongʻin xavfsizligi boshqarmasining bergan maʼlumotiga koʻra, shu yilning 23 fevral kuni Nukus shahrida joylashgan A.Utepov koʻchasidagi raqamsiz uyda Nukus shahri 2-sonli qurilish boshqarmasi hududida yuz bergan. Maʼlum boʻlishicha, ikki nafar fuqaro-ishchilar yoqilgʻi moy (solyarka) saqlash uchun moʻljallangan 4,5 m3 sigʻimli sisternani payvandlayotgan paytda sisterna ichidagi qoldiq yoqilgʻi moyi alanga olib portlab ketgan.
Kichik portlash oqibatida fuqaro J.X. 25 foiz kuyish tan jarohatini olib, shahar kasalxonasiga yotqizilgan.
OʻzA