Moʻynoq tumanida Davlat xizmatlari markazi qurilishi boshlandi.

Orolboʻyi hududi, mahalliy aholining turmush sharoitini yaxshilash, aholi punktlari infratuzilmasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yurtboshimizning maxsus qarori qabul qilindi. 
 
photo5366469118917716493.jpg
Davlat xizmatlari agentligi ushbu strategik ahamiyatga molik harakatga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Orolboʻyi hududining yuragi hisoblanmish – Moʻynoq tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi qurilishi ishlari boshlandi. Bugungi kunda bu yerda 31 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi.
Yangi markazni 288 kvadrat metr maydonda barpo etish rejalashtirilgan. Davlat xizmatlari markazi bilan bir qatorda bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi joylashishi koʻzda tutilgan.
Tartib saqlanishi uchun xizmatlar elektron navbat tizimi orqali koʻrsatiladi. Bundan tashqari, Moʻynoq aholisiga qulaylik yaratish maqsadida shinam kutish zallari, bolalar oʻyingohi va boshqa shart-sharoitlar yaratiladi.
Bir kunda 250-300 fuqaroga qulay va tezkor xizmat koʻrsatish rejalashtirilmoqda. Zamonaviy DXMni Navroʻz bayrami arafasida foydalanishga topshirish moʻljallangan.
001.jpg
002.jpg
003.jpg

 

OʻzA