Londonning “Chelsi” klubi tarbiyalanuvchisi Kallum Xadson-Odoi “Bavariya”ga koʻchib oʻtishi mumkin.
Sky Sports nashri maʼlum qilishicha, myunxenliklar 18 yoshli ingliz futbolchisi uchun aristokratlar tomonidan talab qilinayotgan 35 million funt sterlingni toʻlashga tayyor.
Biroz avval futbolchi “Chelsi” klubi direktori Marin Granovskiydan oʻzini “Bavariya” jamoasiga qoʻyib yuborishlarini soʻragan edi.
Kallum Xadson-Odoining londonliklar bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga yetadi. Yosh futbolchi joriy mavsum Premyer-liga doirasida “Chelsi” tarkibida atigi bitta oʻyinda 43 daqiqa harakat qilgan xolos.
OʻzA