Seulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasidagi elchixonasi va “Janubiy Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumining Kotibiyati hamkorligida “Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy markazlari rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etdi.
Davra suhbatida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik barcha sohalarda izchil davom etayotganligi va rivojlanib borayotganligi ishtirokchilar tomonidan taʼkidlab oʻtildi. Oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlash yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.