Bugun Londondagi Royal Festival Hallʼda FIFA tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
FIFA quyidagi 9 ta yoʻnalishda eng yaxshilarni eʼlon qiladi:
1. Eng yaxshi futbolchi (erkak)
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “Yuventus”)
Luka Modrich (Xorvatiya, “Real”)
Muhammad Saloh (Misr, “Liverpul”)
2. Eng yaxshi futbolchi (ayol)
Ada Hegerberg (Norvegiya, “Lion”)
Jenifer Marozsan (Germaniya, “Lion”)
Marta (Braziliya, “Orlando Prayd”)
3. Eng yaxshi murabbiy (erkaklar)
Zlatko Dalich (Xorvatiya)
Didye Desham (Fransiya)
Zinedin Zidan (“Real”)
4. Eng yaxshi murabbiy (ayollar)
Reynald Pedros (“Lion”)
Asako Takakura (Yaponiya)
Sarina Uigman (Niderlandiya)
5. Eng yaxshi darvozabon
Tibo Kurtua (Belgiya, “Chelsi”, “Real”)
Kasper Shmeyxel (Daniya, “Lester”)
Ugo Loris (Fransiya, “Tottenhem”)
6. Halol oʻyin sovrini
7. Eng yaxshi muxlislar
8. Yilning ramziy terma jamoasi
Jami 55 nafar futbolchi. Darvozabonlar – 5, himoyachilar – 20, yarimhimoyachilar – 15, hujumchilar – 15 nafar.
9. Eng chiroyli gol uchun Ferens Pushkash mukofoti
Garet Beyl (“Real” – “Liverpul” oʻyinidagi gol)
Denis Cherishev (Rossiya – Xorvatiya)
Krishtianu Ronaldu (“Real” – “Yuventus”)
Lazaros Xristodulopulos (AYEK – “Olimpiakos”)
Jorjian de Arraskaeta (“Kruzeyro” – “Amerika”)
Rayli Makgri (“Nyukasl” – “Melburn Siti”)
Lionel Messi (Argentina – Nigeriya)
Benjamen Pavar (Fransiya – Argentina)
Rikardo Kuarejma (Portugaliya – Eron)
Muhammad Saloh (“Liverpul” – “Everton”)
Sovrinning oʻtgan yilgi gʻolibi, bu yilgi nomzodlar orasida ham nomi ilgari surilgan Krishtianu Ronaldu klubidagi tigʻiz taqvim tufayli marosimga kelmasligini eʼlon qildi.
2006-yildan buyon ilk marta yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun daʼvogarlar uchligiga kiritilmagan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Londondagi tadbir ishtirokchisi boʻlishi kutilmoqda. U eng yaxshi oʻyinchi boʻlish uchun daʼvogarlar uchligida boʻlmasa-da, yilning ramziy terma jamoasidan joy olishi va eng chiroyli gol muallifi sifatida eʼtirof etilishi mumkin.
O’zA