Olimpiya oʻyinlari sovrindori, Jahon chempioni, hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov bugun Londondagi mashhur “Uembli” stadionida professional ringdagi beshinchi jangini oʻtkazdi.
Oʻzbek charm qoʻlqop ustasiga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qildi. Sakkiz raundga moʻljallangan jang toʻrtinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi. Bokschimiz toʻrtinchi raundda ketma-ket zarbalar seriyasini ijro etdi va raqibini muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratdi.
Ushbu gʻalaba Shahramning professional boksdagi beshinchi g’alabasi boʻldi.
O’zA