Toshkent shahrining Furqat koʻchasida harakat vaqtincha toʻxtatiladi

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi boʻyicha qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan maxsus texnika vositalarining qurilish obyektlariga kirib chiqishi va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Shayxontohur tumani Furqat koʻchasidagi yordamchi yoʻl vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu cheklov qurilish yakuniga qadar amal qilishi mumkin. Poytaxt maʼmuriyati bu noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.

 

G.Boboyeva, OʻzA