Oʻzbekiston — Hindiston oʻrtasidagi hamkorlik mavjud salohiyatga mosmi?

Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumarning bu boradagi fikri qanday?
Hozirgi kunda Oʻzbekiston — Hindiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa koʻplab sohalarda hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Lekin, bugungi davr shiddati hamda ikki davlatning mavjud imkoniyati va salohiyati boshqa sohalar qatori sud-huquq, jinoyatchilikka qarshi kurash, xavfsizlik va qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻnalishlaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish lozimligini taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazida Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vinod Kumar bilan boʻlib oʻtgan suhbat mavzusi ham aynan shu haqda boʻldi.
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Axborot-tahlil multimedia markazi hamkorligida tayyorlangan navbatdagi videosharh ana shu xususida.
OʻzA