Maʼlumki, Davlat statistika qoʻmitasi 2017-yilning sentyabr oyidan boshlab “telegram” ijtimoiy tarmogʻida tuzilgan guruhi orqali tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir dolzarb tahliliy-statistik maʼlumotlar va yangiliklarni eʼlon qilib bormoqda.
Oʻz navbatida, nomaʼlum shaxslar tomonidan Davlat statistika qoʻmitasi logotipidan foydalanib, rasmiy manba sifatida Davlat statistika qoʻmitasini koʻrsatgan holda qonunga zid ravishda, alohida guruh tuzilgani va Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy maʼlumotlari va boshqa manbalar maʼlumotlarini tegishli munosabat va oʻzgartirishlar kiritilgan holda eʼlon qilib borilayotgani aniqlandi.
Bu esa, rasmiy statistik maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilinishiga, mualliflik huquqini buzilishiga va foydalanuvchilarni haqiqiy axborot resursidan chalgʻitishga olib kelmoqda.
Shu oʻrinda, statistika qoʻmitasi axborot resurslaridan foydalanuvchilarni bundan ogoh boʻlishlarini va maʼlumotlardan foydalanayotganda bunga alohida eʼtibor berishlarini soʻraymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
statistika qoʻmitasi
axborot xizmati
OʻzA