Davlatlararo kengash sessiyasi muvaffaqiyatli oʻtdi (video)

Toshkent shahrida Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash boʻyicha davlatlararo kengashining 40-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston, Rossiya, Moldova, Ozarboyjon, Armaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari vakillari ishtirok etgan sessiyada MDH mamlakatlarining geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlari va kelgusi rejalar, hamkorlik istiqbollari, shuningdek, soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari sarhisob qilindi. Anjuman doirasida davlatlararo hamkorlikka oid qator hujjatlar ham imzolandi.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
Axborot xizmati

 

OʻzA