2018–2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʻat sohasini innovatsion rivojlantirish “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Oʻzbekiston RespublikasiPrezidentining 2018-yil 26-avgustda “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʻat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqiladi. Unda jumladan, madaniyat va sanʻat muassasalariga yordam koʻrsatuvchi metsenatlar va homiylarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish nazarda tutiladi.
Madaniyat va sanʻat muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimi joriy etiladi.
Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimiga ulangan respublika madaniyat va sanʻat muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalaniladi.
OʻzA