Joriy yil dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotida keskin farq kuzatildi. Global iqtisodiyot 3,2 foiz o‘sdi, Bunda inflyatsiyaning nisbatan pasayishi, iste’molchilarning faol xarajati muhim omil bo‘ldi.

“The Economist” yozishicha, bu yil eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichga erishgan davlat – Ispaniya. Qirollik sanoati barqaror o‘syapti,

Keyingi o‘rinlarni Irlandiya, Daniya, Gretsiya va Italiya egalladi. Bu mamlakatlar yaqin o‘tmishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tib, endi barqaror rivojlanish namoyish qilmoqda. Masalan, yunonlar yurtida ishsizlik darajasi 10 yillikdagi eng past darajaga tushdi.

Afsuski, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi yirik iqtisodiyotli o‘lkalar energiyaning narxi ko‘tarilishi va sanoat sekin o‘sishidan aziyat chekdi. Latviya va Estoniyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham qoniqarsiz nisbat berdi.

AQSH fond bozori, inflyatsiyani chegirib tashlaganda, 24 foizlik daromad keltirgani e’tiborga loyiq. Finlandiya uchun esa, aksincha, fond bozori omadsiz keldi.

Inflyatsiya darajasi bo‘yicha Fransiya va Shveysariyaning muvaffaqiyatini e’tirof etish joiz. Bu mamlakatlarda yil davomida narx-navo o‘sishi 2 foizdan oshgani yo‘q.

Fiskal intizom bo‘yicha Daniya va Irlandiya byudjet profitsitiga erishdi, Britaniya va Yaponiya hukumat xarajati ortishi tufayli ko‘proq qarz olishga majbur bo‘ldi.

M. Pirmatova, O‘zA