Yaqinda poytaxtimizda “Xalqaro inson huquqlari kuni” munosabat bilan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlarini ro‘yxatga olish, ularning faoliyati va moliyalashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi, AQSH, Buyuk Britaniya va Shveysariya elchixonalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yurtimizning turli davlat muassasalari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari, diplomatik korpus a’zolari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

– Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yuqori qadrlaydi, – deydi anjumanda nutq so‘zlagan YeIning o‘lkamizdagi elchisi Toyvo Klaar.

Davra suhbatida fuqarolik jamiyati tashkilotlarini ro‘yxatga olish, ularning faoliyati va moliyalashtirish holati yuzasidan fikr almashildi, shuningdek mavjud tendensiya va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

B.Xudoyberdiyev,

O‘zA