Bu haqda Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandi.

Hozirda oilaviy muhitdan ajralgan holda ta’lim-tarbiya olayotgan yana 500 nafar bola bor.

Mas’ul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va ta’lim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.

Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashi, o‘qishiga ixtisoslashgan maktablar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi, ularda bunday bolalar uchun 5 foiz kvota bo‘ladi.

Bunda ushbu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yo‘llanmasi asosida yuborish ko‘zda tutiladi.

Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

O‘zA