Kecha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA fotomuxbiri Almurod Mamadaminovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “SPORT! va yana SPORT haqida!” deb nomlangan IV shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochildi.
Fotoko‘rgazmada 70 dan ortiq suratlar namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma shu yilning 10 dekabriga qadar davom etadi.
Maqsad Habibullayev,
Behzodbek Saidov (surat, video), O‘zA