Ar-Riyodda ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohasida saralangan mutaxassislar, ijodkorlar va iqtidorlar guruhini birlashtirgan uchinchi global konferensiya ish boshladi. Viloyat gubernatori Shahzoda Faysal bin Bandar bin Abdulaziz ochib bergan uch kunlik konferensiyada 50 davlatdan 300 ga yaqin iste’dod sohibi, mahalliy va xalqaro ma’ruzachilar ishtirok etmoqda.
Saudiya Arabistoni Podshohligi axborot agentligi – SPA yozishicha, Qirol Abdulaziz va hamrohlar, shuningdek “Mavhiba” iqtidor va ijod jamg‘armasi tomonidan uyushtirilgan anjuman Qirol Abdulloh nomidagi neft fan va tadqiqot markazi (KAPSARC)da davom etyapti. “Chegara bilmas ijodkorlar” nomli, turli ko‘rgazma va madaniy tadbirlardan iborat ushbu konferensiya iqtidorli shaxslar salohiyatini namoyish etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, integratsiya va strategik hamkorlikni mustahkamlash, global almashinuv va hamkorlik imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA