Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ishchi guruhi tashabbusi bilan Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari hamda Yo‘l harakati havfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxslarga qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni undirish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida jami 7 mlrd 113 mln so‘mlik 15 386 ta ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning nomida avtotransport vositalari mavjudligi aniqlangan bo‘lib, shundan 121 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.
Shuning natijasida 371,5 mln so‘mlik 801 ta ma’muriy jarimalar amalda undirilishi ta’minlangan, ma’muriy jarimalar bo‘yicha jarima maydonchasiga joylashtirilgan avtotransport vositalarini baholatish va elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Shunday oqibatlardan saqlanish maqsadida avtotransport haydovchilarini yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lab borishini so‘rab qolgan bo‘lar edik.
O‘zA