Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

Qanchadan-qancha tadbirkorlar yeri yo‘qligi uchun yangi loyiha qila olmayotgani qayd etildi. Aksincha, “auksiondan sotib oldim, endi meni mulkim” deb, yerni qarovsiz tashlab qo‘ygan “uddaburonlar” ham ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

– Yer – eng cheklangan resursimiz va u doim iqtisodiy naf keltirishi kerak, –  dedi Prezident.

Shu bois, yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan ob’ektni topshirishgacha bo‘lgan muddatlar majburiy ko‘rsatiladi.

Bunda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 foiz imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari). Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan o‘tkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida bo‘lmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.

O‘zA