Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
Qayd etilganidek, davlat banklari bergan kreditning 92 trillion so‘mi yoki 30 foizi 10 ta yirik davlat korxonasiga to‘g‘ri keladi.
Yirik korxonalar transformatsiya qilinmoqda, moliya bozorlariga mustaqil chiqib, o‘zi mablag‘ jalb qilishga o‘rgatilmoqda.
Masalan, “O‘zbekneftegaz”, “O‘zavtosanoat” 1 milliard dollardan ortiq yevrobond chiqardi. Navoiy kombinati ham chetdan o‘zi bond olib kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Endi davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi ta’kidlandi.
Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi.
O‘zA