Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Turizm boshqarmasi hamda korxona, tashkilot, muassasa rahbarlarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotida muammolar tahlil qilindi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.

Shuningdek, Ellikqal’a tumani hokimligida  tadbirkorlar va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda har qanday to‘siq va muammolarni bartaraf etish, shu orqali ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini ko‘rish maqsadida tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.