Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Xorazmda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
Joriy yilda 119 ta ko‘p qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilaning yashash sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan. “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta ko‘p qavatli uy qurilishi boshlanadi.
Mutasaddilarga Xiva shahri, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya bo‘yicha namunali hududga aylantirish choralarini ko‘rish topshirildi.
O‘zA