Mamlakatimizda ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama ko‘maklashish borasida xayrli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, bugungi qish-qirovli kunlarda qiyin sharoitda yashayotgan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan “Mehr harakati” boshlandi.
Mazkur harakat doirasida barcha shahar va tumanlardagi nochor sharoitda yashayotgan oilalarni borib ko‘rish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirlik, boshqarma, korxona, tashkilot rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilmoqda. Jumladan “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir davomida o‘nta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va qishki kiyimlar xayriya qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri